Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Zarbdor tuman 1-son politexnikumida “Karyera markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi

2026-yil 26-yanvar kuni Zarbdor tumanidagi 1-son politexnikumida bitiruvchi yoshlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir “Karyera markazi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish doirasida o‘tkazilib, yoshlarning kelajak kasbini ongli tanlashiga qaratildi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati, 1-son politexnikum direktori Z. Umurzakov hamda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Quruqlikdagi qo‘shinlar instituti 1-bosqich kursanti Abdurashidov Samandar Baxodir o‘g‘li ishtirok etdi.

Tadbir davomida Quruqlikdagi qo‘shinlar institutining asosiy faoliyati, harbiy ta’lim tizimi, kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘qishga qabul qilish tartibi va bosqichlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, bitiruvchi yoshlarni qiziqtirgan savollarga aniq va tushunarli javoblar taqdim etildi.

So‘zga chiqqan Z. Umurzakov bugungi kunda yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish, ularning qiziqish va salohiyatini inobatga olgan holda ta’lim va mehnat bozoriga tayyorlash muhim ekanini ta’kidladi. “Karyera markazi” faoliyati aynan shu maqsadlarga xizmat qilishi qayd etildi.

Mazkur uchrashuv yoshlar orasida harbiy ta’lim muassasalariga bo‘lgan qiziqishni oshirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda kelajak kasbini ongli va mas’uliyat bilan tanlashga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi. 

Slide 1 of 4