Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Deputat Q.Xoliqov saylovchilar bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi

 Deputat Q.Xoliqov saylovchilar bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi 

2026-yil 22-yanvar kuni Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashining 18-Ziyokor saylov okrugi deputati Q.Xoliqov tomonidan saylovchilar bilan yangilanayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi yuzasidan muloqot uchrashuvi tashkil etildi. 

Uchrashuvda deputat Q.Xoliqov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, aholi farovonligini oshirish, inson qadrini ulug‘lash, ta’lim-tarbiya va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida belgilangan ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, Prezidentimizning Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi Yangi O‘zbekistonni barpo etishda muhim dasturiy hujjat ekani, unda barcha sohalarni izchil rivojlantirishga qaratilgan aniq maqsad va vazifalar belgilab berilgani ta’kidlandi. Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi. 

Slide 1 of 4