Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Kelajak strategiyasi — saylovchilar bilan birga muhokamada

O‘zbekiston Respublikasida davlat dasturlari va strategik hujjatlarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish
jarayonida jamoatchilikni xabardor qilish va muhokamaga jalb etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq, mahalliy Kengash deputatlari o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan doimiy aloqada bo‘lishi, ularning huquq va manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishi shart. 

Shu asosda, yangilanayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi yuzasidan Tomdi tumani Aytekebi saylov okrugidan saylangan deputat S.Djanabergenova tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, Strategiyaning maqsad va
vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari hamda unda belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati qonuniy tartibda tushuntirib berildi.
 

Mazkur tushuntirish ishlari ochiqlik, oshkoralik va jamoatchilik ishtirokini ta’minlash, fuqarolarning fikr va takliflarini inobatga olishga qaratilgan bo‘lib, amaldagi qonunchilik talablariga to‘liq mos keladi.  

Slide 1 of 4