Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Abdusamad Bakiyev Uzun tumanidagi mahallalarda saylovchilarga 2025-yilning to‘rtinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

 Uzun tumanining 2-Shodlik saylov okrugida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Bakiyev ishtirokida saylovchilar va mahalla faollari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida deputatlar 2025-yilning to‘rtinchi choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, saylovchilar murojaatlari bilan ishlash, hududdagi dolzarb muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berdi.

Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga bag‘ishlandi.

Aholi tomonidan kommunal xizmatlar, elektr ta’minoti, chiqindilarni olib chiqish, bolalar maydonchalari holati bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.