Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
“VATAN HIMOYASI — MUQADDAS BURCH”

 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 34 yilligi munosabati bilan Oltinsoy tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 62-sonli umumta’lim
maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
 

Tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi A.Turdiyev ishtirok etib, yurtimizda Vatan himoyachilariga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yosh avlodni har tomonlama barkamol, vatanparvar va jasoratli qilib tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritdi. 

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan vatanparvarlik, jasorat va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan harbiy chiqishlar, she’rlar, qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Chiqishlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
 

Mazkur tadbir yoshlarni Vatanga muhabbat, harbiy xizmatga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy dunyoqarashini yanada yuksaltirishga xizmat qildi. 

Оltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 5