Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
CHINOZ TUMANI. Sport — sog‘lom avlod poydevori: Chinoz tumanidagi maktablarda o'rganish ishlari davom etmoqda

🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi Abduvohid Turdiboyev hamda deputatlar Asqar Baxromov, Mirsoat Mirsodiqov va Surayyo Ahmedovalar tumandagi "Ko‘tarma" hududida joylashgan 4-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasidagi sport zallari va sport anjomlarining holatini o‘rgandilar.

♻️Maktabda jami ikkita sport zali mavjud bo‘lib, ulardan biri kurash sport turiga moslashtirilgan kichik sport zalidir. Ushbu zalda yoshlar kurash sport turiga bo‘lgan qiziqishlari asosida tajribali murabbiy rahbarligida muntazam mashg‘ulotlar olib borishmoqda.

✅Shuningdek, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari Azim va Aziz Rixsiboyevlar hamda J.Turajonov tomonidan o‘quvchilarga samarali murabbiylik qilinib, ularning jismoniy tayyorgarligi va sport mahoratini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 3