Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Ta’lim – inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili

Guliston shahar 3-umumta’lim maktabida Guliston shahar Kengashi deputati M.Bektasheva tomonidan maktab pedagogik jamoasi ishtirokida mamlakatimizda muhim siyosiy voqea — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Prezidentimiz o‘z nutqlarida ta’lim sohasiga alohida urg‘u berganliklari, ushbu soha davlat siyosati darajasida ustuvor yo‘nalish etib belgilanganini ta’kidladilar. Davlatimiz rahbari ta’limni mamlakat taraqqiyoti, iqtisodiy o‘sish va jamiyat barqarorligining eng muhim omili sifatida qayd etdilar.

Shuningdek, ta’lim inson kapitalini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi hal qiluvchi soha ekanligi alohida ta’kidlandi. Prezidentimiz sifatli ta’lim orqali bilimli, raqobatbardosh va zamonaviy fikrlaydigan avlodni tarbiyalash mumkinligini qayd etdilar.

Murojaatnomada ta’lim tizimini injeneriya va raqamli iqtisodiyotga yo‘naltirish, injenerlik tafakkurini rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, IT, dasturlash, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar sohalariga moslashgan ta’limni rivojlantirish bugungi kunning dolzarb vazifasi ekani ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida pedagoglar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar Prezidentimiz Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning ta’lim muassasalarida izchil amalga oshirilishi yosh avlod kamoloti va mamlakatimiz kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.