Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n oltinchi sessiyasida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

         1. Bag‘dod tumanining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida.

         2. 2026-yilda Bag‘dod tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida.

         3. Bag‘dod tumanida shaharsozlik hujjatlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

         4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi “Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-440-sonli qarori ijrosi bo‘yichatumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimi G‘.Soliyev hisoboti to‘g‘risida.

         5. Bag‘dod tumani 6-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan mahallabay (shaxsbay) manzilli ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda yordam ko‘rsatilgan xotin-qizlarni “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida.

         6. Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi kotibiyati xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida.

         7. Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisini saylash uchun siyosiy partiyalar vakillari guruhini tashkil etish va uning tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.

         8. Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisini saylash to‘g‘risida.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va savollarga mutasaddilar tomonidan javoblar berildi.

  Xalq vakillari masʼullarga saylovchilar murojaatlari asosida aniq va qatʼiy savollar yoʼlladilar. Muhokamalar ochiq va shaffof ruhda kechdi. Shu bois, sessiya 1 soatdan ortiq davom etdi. U Bagʼdod tumani hokimligining Аxborot xizmati rasmiy telegram kanali orqali jonli efirda namoyish etildi. (https://t.me/bagdodim_news/56090).  

Slide 1 of 19