Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
CHINOZ TUMANI. Yoshlar va ota-onalar bilan uchrashuv

Harbiy xizmatga jo‘nab ketishi rejalashtirilgan yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati M.Mirsodiqov, mas’ul rahbarlar va mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan armiyaga chaqirilayotgan yigitlarning harbiy xizmatni o‘tash tartibi, yaratilayotgan sharoitlar, ularning huquq va majburiyatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ota-onalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, farzandlarning sog‘lig‘i, xavfsizligi va harbiy xizmat davomida davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy kafolatlar haqida ma’lumotlar yetkazildi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z fikr-mulohaza va takliflarini bildirish imkoniga ega bo‘ldilar.

Mazkur yig‘ilish yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ota-onalarning ishonchini mustahkamlash hamda harbiy xizmatga tayyorgarlik jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qildi.

Slide 1 of 4