Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
CHINOZ TUMANI. Deputat Alimjon Adilbekov tomonidan maktabning isitish tizimi o‘rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Alimjon Adilbekov tomonidan Eshonobod MFY hududida joylashgan 20-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida isitish tizimining holati o‘rganildi.

📝O‘rganish jarayonida maktab binosining issiqlik ta’minoti, qozonxona va isitish quvurining texnik holati, sinf xonalar va yordamchi binolarda belgilangan me’yorlarga muvofiq harorat rejimiga rioya etilishi holatlari ko‘zdan kechirildi.

♻️Shuningdek, o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Deputat tomonidan aniqlangan mavjud muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Mazkur masalalar doimiy nazoratga olinib, kuz-qish mavsumida ta’lim muassasasining uzluksiz va barqaror faoliyatini ta’minlash choralari ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4