Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Deputatlar Xo‘jaqishloq, Saribozor va Yastepa mahallalarida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi holatini o‘rgandilar

✔️Tuman Kengashi vakillari tomonidan aholining ijtimoiy himoyasiga qaratilgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida Xo‘jaqishloq, Saribozor va Yastepa mahallalarida bo‘lishdi. Tuman Kengashi deputati N. Mo‘minova hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov ishtirok etgan ushbu monitoring doirasida nogironligi mavjud shaxslar va ijtimoiy ehtiyojmand toifalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati atroflicha o‘rganildi. 

 

 ✔️ Uchrashuvlar davomida mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari va ijtimoiy xodimlarning ish jarayonlari, aholining murojaatlarini qabul qilish tartibi, xizmatlarni o‘z vaqtida yetkazib berish amaliyoti ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordamlar va boshqa ko‘mak turlarini tayinlash masalalari ham o‘rganilib, ularning amaliy ijrosi tahlil qilindi. 

 

 ✔️Uchrashuv yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Mazkur chora-tadbirlar aholining, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamning manfaatlarini yanada kuchaytirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 

Slide 1 of 5