Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Xo‘jayuz mahallasidagi kutubxonalar holati o‘rganildi

17-Xo‘jayuz saylov okrugidan saylangan deputat Tangirov O‘ktam Ummatkulovich Xo‘jayuz mahallasida joylashgan ta’lim muassasalaridagi kutubxonalar holatini o‘rgandi. 

O‘rganish jarayonida kutubxonalarning moddiy-texnik bazasi, kitob fondi, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar hamda axborot-resurslardan foydalanish imkoniyatlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, kutubxonachilar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammolar va takliflar tinglandi.

Deputat o‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kutubxonalar faoliyatini yanada takomillashtirish, kitob fondini boyitish hamda zamonaviy axborot-resurslar bilan ta’minlash bo‘yicha mas’ullariga tegishli tavsiyalar berdi.

Mazkur masala deputatning doimiy nazoratiga olinib, amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Tuman Kengashi deputati

O‘. Tangirov

Slide 1 of 3