Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
“Kelajak soati” darsi o‘tkazildi

Toyloq tuman ixtisoslashgan maktabida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan 9–11-sinf o‘quvchilari uchun navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti o‘tkazildi. Mazkur darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarda inson huquqlari va erkinliklari, shaxsiy hayot daxlsizligi hamda ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni borasida chuqur tushuncha va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Dars mashg‘ulotini Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev olib bordi. U o‘quvchilar bilan samimiy va ochiq muloqotda bo‘lib, jamiyat taraqqiyotida huquqiy ong va madaniyatning tutgan o‘rni haqida batafsil tushuntirib berdi.

Tuman hokimi yoshlarning fikrlarini tinglab, ularni faollikka, mustaqil fikrlashga, o‘z huquqlarini bilish va ulardan to‘g‘ri foydalanishga chorlab, mamlakat kelajagi aynan bilimli, tashabbuskor va huquqiy madaniyatga ega yoshlar qo‘lida ekanini ta’kidladi.

Slide 1 of 3