Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi a'zolari ishtirokida seminar-trening bo'lib o'tdi

Surxondaryo viloyati korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlar a’zolari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot Dasturining Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” qo‘shma loyiha xodimlari va maxalliy vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi nazorat, jamoatchilik bilan hamkorlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha trening” bo'lib o'tdi.

Dasturning maqsadi – hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish samaradorligini oshirish, O‘zbekistonda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va boshqa xalqaro standartlarni amalga oshirishda ularning ishtirokini kengaytirish, aholi va davlat tuzilmalari o‘rtasida ishonchni mustahkamlashdan iborat.

Mazkur trening hududlarda korrupsiyaga qarshi nazoratning yanada aniq va zamonaviy mexanizmini yaratishga yordam berishi, xususan, korrupsiyaga oid qonunbuzarliklarni yanada samarali aniqlash va bartaraf etish, xarajatlar va qabul qilinayotgan qarorlarni nazorat qilish bo‘yicha tashabbuslarni faollashtirish, shuningdek, hukumat, aholi va ommaviy axborot vositalari o‘rtasida yanada ochiq muloqotni rag‘batlantirishga xizmat qilishi ta'kidlandi.

Ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tgan seminar-treningda ishtirokchilar guruhlarga bo'linib mashg'ulot olib bordi. Korrupsiyani oldini olish bo'yicha dolzarb takliflar bildirildi. 

Slide 1 of 11