Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
O‘zbekiston va Qatar parlamentlari o‘rtasidagi muloqot hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston va Qatar parlamentlari o‘rtasidagi muloqot hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston va Qatar parlamentlari do‘stlik guruhlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan onlayn muloqot ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Ushbu uchrashuv do‘stona aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishga xizmat qildi.

Muloqot davomida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish, ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, hududlar darajasidagi o‘zaro manfaatli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.

O‘zbekistonning ochiq va pragmatik tashqi siyosati natijasida Qatar bilan munosabatlar izchil rivojlanib bormoqda. Parlamentlararo do‘stlik guruhlari faoliyati esa ushbu aloqalarning mustahkam huquqiy va siyosiy poydevorini yaratmoqda.

Navoi y shahri deputati sifatida ta’kidlash joizki, bunday muloqotlar hududlar rivoji uchun ham muhim ahamiyatga ega. Xususan, investitsiyalarni jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va zamonaviy loyihalarni amalga oshirishda Qatar tajribasi katta ahamiyat kasb etadi.

Shubhasiz, ushbu onlayn uchrashuv O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlab, uzoq muddatli hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati

Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich

Slide 1 of 1