Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Deputatlar hamkorligi

🔹Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputat A.Ermatov tomonidan Marg‘ilon shahrining Qirguli mahallasida mavjud elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi. 

🔹O‘rganish jarayonida Imom Motrudiy ko‘chasi aholisi tomonidan bildirilgan murojaat alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu hududning elektr ta’minoti Toshloq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi orqali amalga oshiriladi. Ammo elektr energiyasining kun davomida 3–4 marotabagacha uzilib qolishi aholiga jiddiy noqulaylik tug‘dirmoqda. Aholi ayniqsa kuz-qish mavsumida bu uzilishlar yanada kuchayishidan xavotir bildirmoqdalar.

🔹Deputat tomonidan Qirguli mahallasi Imom Motrudiy ko‘chasining elektr ta’minotini Marg‘ilon shahar Elektr tarmoqlari korxonasi tasarrufiga o‘tkazish masalasi yuzasidan xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati Z.S.G‘ofurovaga rasmiy aloqa xati yuborildi.

Slide 1 of 5