Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Deputat mahallada ichimlik suvi inshooti qurilishini nazorat qildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi 3-Yangiobod saylov okrugi deputati M.Gaipov tomonidan tumanning "Yangiobod" MFY hududida barpo etilayotgan yangi ichimlik suvi inshooti qurilishi jarayoni yuzasidan deputatlik nazorati o'tkazildi. Tashrif davomida qurilishning sifati, texnologik talablarga rioya qilinishi va xavfsizlik choralari alohida e’tiborga olindi.
Qurilish loyihasi mahalla aholisi uchun uzluksiz va sifatli ichimlik suvi yetkazib berishni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu bilan nafaqat aholi turmush sharoiti yaxshilanadi, balki hudud infratuzilmasi ham modernizatsiya qilinadi. Deputat M.Gaipovning tashrifi davomida qurilishda ishlayotgan mutaxassislar bilan suhbatlashildi, ishlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Deputatlik nazorati esa loyihaning belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan.

Slide 1 of 3