Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
3 DEKABR — XALQARO NOGIRONLAR KUNI

 3-dekabr — dunyo miqyosida Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan muhim sana sifatida keng nishonlanadi. Ushbu kunda jamiyatda inklyuziv muhit yaratish, mehr-shafqat, e’tibor va qo‘llovni kuchaytirish har bir insonning vazifasi
ekani yana bir bor e’tirof etiladi.
Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Q.Qo‘ziyev xomiyligida, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va ularning holidan xabar olish maqsadida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Tashrifda tuman Kengashi deputati Yo.Tadjiboyeva, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi sho‘ba mudiri A.Karimov, Jalaquduq tuman Nogironlar jamiyati rahbari
M.Imomnazarova ham ishtirok etdilar.
Tumanimizda istiqomat qiluvchi yakka yolg‘iz, nogironligi bo‘lgan shaxslarning uylariga borilib, ularning kundalik holati, ehtiyojlari va muammolari tinglandi, zarur
ko‘maklar ko‘rsatildi. Bu amaliy tashriflar orqali nafaqat moddiy, balki ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, mehr va e’tibor ko‘rsatishga ham alohida ahamiyat berildi.
Nogironligi bo‘lgan insonlar — jamiyatimizning faol
a’zolari. Ular uchun qulay shart-sharoit yaratish, infratuzilmani yaxshilash, ta’lim va mehnat imkoniyatlarini kengaytirish, ular oldida turgan to‘siqlarni bartaraf etish — har birimiz uchun sharafli burchdir.
Shunday tadbirlar orqali jamiyatimizda insonparvarlik, hamjihatlik va o‘zaro yordam ruhi yanada mustahkamlanadi. Har bir inson e’tiborga loyiq va har bir qo‘llangan yordam bugungi kunning, hatto kelajakning ham savobli ishidir. 3 dekabr — mehr, e’tibor va hamdardlikni yanada kuchaytirishga chorlaydigan sana. Keling, birgalikda yaxshilikni ko‘paytirib, jamiyatni yanada mehribon va inklyuziv qilishga hissa qo‘shaylik.  

Slide 1 of 10