Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Izlanish va intilish bilan yangi marralar sari

 Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi raisi Hikmatillo Latipov boshchiligida viloyat va tuman Kengashi deputati Q.Qo`ziev hamda bir guruh jalaquduqliklar Samarqand viloyatining Qo`shrabot tumaniga tashrif uyushtirdilar.Tumanda bog` va mevachilikni rivojlantirishni bu boradagi ishlar ko`lamini kengaytirish, mahsulot yetishtirishni ko`paytirish bilan oilalar daromadini respublikamizning ilg`or hududlaridagi mirishkor sohibkorlar tajribasi asosida oshirish yo`lidan bormoqda. Avvalgi yillarda tuman hokimi, Kengsh raisining tashabbusi bilan bir guruh tumanimiz sohibkorlari Farg`ona viloyatining Oltiariq tumaniga borib kelishgan edi. Yaxshi natijalar sifatli
urug`, sifatli nav va ilg`or tajriba bilan qo`lga kiritiladi. Mehnat, mablag` va vaqt sarflab olinayotgan daromadni ikki-uch baravar ko`paytirish mumkinligini tumanning birinchi raxbari allaqachon xalqimiz ongiga singdirishga erishdi.
Samarqand viloyatining Qo`shrabot tumanidagi xonadonlar o`zining sarxil uzum yetishtirishi bilan qanchalik mashhur bo`lsa, bizning Yorqishloqda uzum, Oyimda «Anjirchi» mahallalari aholisi har xil navli anjirlari bilan tanilgan. Bu mahalla odamlari viloyatimiz va qo`shni O`sh shaharlari bozorlarida yoz bo`yi tog`ora-tog`ora uzum va anjir sotib o`tirishadi. Qishda esa uzum va anjir murabbosining bozori chaqqon bo`ladi. Shu boisdan
ham mamlakatimizning eng shimoliy sharqiy nuqtasi bo`lmish Yorqishloq, Oyim, Teshiktosh xullas Jalaquduq tumani hududlarida uzum, anjir va anor kabi issiqsevar daraxtlarni ekib, ulardan mo`l hosil olishning uddasidan chiqish oson mehnat emas. Buni bulturgi yil qish qaxratoni qanday oqibatlarga olib kelganini mirishkorlar unutgani yo`q. "Mevali, ayniqsa uzum, anor ko`chatlarimizni qayroqi qilib oldik"
deb xotirjamlikka berilib, ularni qish oldi extiyotlash choralarini ko`rmagan sohibkorlar ko`chatlarini sovuqqa oldirib g`aflatda qolishgan.Endilikda extiyotkor va yanada xushyor bo`lib qolgan uzumchilik hamda anor kabi shirindan shakar mevalar
yetishtirish bilan shug`ullanayotgan kishilar kech kuzakda darhol bu daraxtlarni kigiz, qamish, somon kabi narsalar bilan o`rab, ustidan tuproq bilan ko`mib qo`yib, qishning ayozli kunlarida sovuq urishidan saqlash tajribasini orttirganlar.
Ajdodlardan meros bu tajriba asrlar davomida yurtimizda qo`llanib kelinadi. Qarabsizki, kelib chiqishi Old Osiyo mintaqasiga mansub bu noyob daraxtlar yoz bo`yi shirindan-shakar mevalar beraveradi. 

   

Slide 1 of 11