Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Oliy Majlis deputati Samarqandda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Kompolshik Elena Aleksandrovna Samarqandga tashrif buyurib, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar, mahalla institutining faoliyati, ekologik masalalar, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Oliy Majlis deputati Samarqandda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Kompolshik Elena Aleksandrovna Samarqandga tashrif buyurib, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar, mahalla institutining faoliyati, ekologik masalalar, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida deputatga Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Zafar Qobilov, shuningdek, Xalq deputatlari Samarqand Kengashi deputati Zuhra Quddusova hamrohlik qildi.

Hamkorlikda shahar va tuman hududlaridagi bir qator ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganilib, aholiga yaratilgan sharoitlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

Tashrifning ilk manzili sifatida deputat Samarqand shahridagi “Zahlik” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi. Mahallaning umumiy ahvoli, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoya va profilaktika ishlari o‘rganildi. Shuningdek, hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari, ularning tajribasi, mahsulot sifatini oshirish va iqtisodiy faollikni kengaytirish masalalari bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi.

Ta’lim masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Deputat mahalladagi maktablar va bolalar bog‘chalari faoliyati bilan tanishib, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim sifati, pedagoglarning mehnat sharoitlari hamda bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalarini ko‘zdan kechirdi.

Uchrashuvlar davomida fuqarolar tomonidan bildirigan fikr va takliflar tinglandi.

✈️@Samarqandshaharkengashi1

Slide 1 of 1