Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

 DEPUTATLIK NAZORATI  

    Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 25-Boyqishloq saylov okrugi deputati O. Tursunov hamda 1-Yangiturmush saylov okrugi deputati S. Eshonqulovlar tomonidan tumandagi 49-umum ta’lim maktabida deputatlik nazorati tadbiri amalga oshirildi. 

Mazkur tashrif doirasida xalq deputatlari tomonidan ta’lim muassasasining 2024–2025-o‘quv yilining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi. 

Xususan, maktab rahbariyati va mas’ul mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazilib, mavjud muammolar, ularning yechimlari hamda kelgusida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi. Deputatlar ta’lim jarayonining uzluksiz va sifatli tashkil etilishi, o‘quvchilarning xavfsizligi hamda qulay sharoitlar yaratilishini
ta’minlash borasida maktab ma’muriyatiga o‘z tavsiya va topshiriqlarini berdilar. 

Tadbir yakunida aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda deputatlik nazorati natijalari bo‘yicha muntazam axborot taqdim etish bo‘yicha maktab ma’muriyatiga ko‘rsatmalar berildi. 

   

Slide 1 of 1