Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
“Ajrim yechim emas”

“Ajrim yechim emas”

♦️ Ajralish – hozirgi zamon insoniylik jamiyatining eng muhim ijtimoiy muammolaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ajralish muammosini oʻrganishga keng ilmiy jamoatchilik eʼtibori qaratib kelinmoqda. Chunki oilalarning buzilishi tufayli nafaqat shu ajralishgan er-xotin va ularning farzandlari, balki jamiyat ham koʻp zarar koʻradi.

♦️ Romitan tuman hokimligida oila va xotin-qizlar boʻlimi, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva, mahalla faollari ishtirokida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda hududdagi nizoli oilalar, oqila ayollar, otin oyilar, mahallalardagi faol ayollar hamda ibratli oilalar taklif etildilar.

♦️ Zamonaviy oilani rivojlantirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilada ota va onaning oʻrni, er-xotin, qaynona-kelin munosabatlari, oilaning ichki munosabatlari, boy madaniy, tarixiy meros va anʼanaviy oilaviy qadriyatlari haqida soʻz bordi va oila institutini mustahkamlashga eʼtibor qaratildi. Nizoli oilalarga ularni yarashtirish, oiladagi maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, psixologik, tibbiy, huquqiy va boshqa ijtimoiy xizmatlar koʻrsatildi. Shuningdek, tadbirdan koʻzlangan maqsadga erishildi, yaʼni ajrim yoqasiga kelib qolgan 1 ta oila yarashtirildi.