Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Ulug‘ yo‘l mahallasida tomorqa yerlaridan samarali foydalanish va “Yashil makon” loyihasi ijrosi ta’minlanmoqda

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati D. Xolmatova "Ulug‘ yo‘l" mahallasida, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan tizimli ishlar bilan tanishdi.

Mahalladagi har bir xonadonning tomorqa yerlaridan maqsadli va unumli foydalanish holati o‘rganilib, fuqarolarga agrotexnika qoidalariga rioya qilish, kuzgi ekinlarni parvarishlash, issiqxonalarni samarali boshqarish, shuningdek, zamonaviy sug‘orish texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Yordamga muhtoj oilalar uchun urug‘, ko‘chat va o‘g‘itlar taqdim etilishini tashkil etish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqildi.

Yashil makon” loyihasi doirasida mahallada daraxt ekiladigan hududlar belgilab olinib, aholi bilan birgalikda manzilli ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jarayonda mahalla aholisi, yoshlar va ta’lim muassasalari faollari keng jalb qilindi. Ekilgan ko‘chatlarni parvarish qilish, sug‘orish va himoya qilish bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, ularning holati ustidan doimiy monitoring tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Deputat tomonidan o‘rganishlar jarayonida mahalladagi mavjud muammolar, aholining taklif va ehtiyojlari aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar davom ettirilmoqda. Tomorqa yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, yashil hududlar ulushini ko‘paytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. 

Slide 1 of 4