Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Deputatlar maktablarda:

Deputatlar maktablarda:

Termiz tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari maktablarda o‘rganish ishlarini boshlab yubordi. Maqsad bitta — ta’lim sifati, o‘quvchilarga yaratilgan sharoit va o‘qituvchilarning mehnat sharoitini joyida ko‘rish, muammolarga befarq bo‘lmaslik.

Navbatdagi tumanda joylashgan 21- umumta’lim maktabi bo‘lib o‘rganish davomida sinfxonalar, fan laboratoriyalari, kutubxonalar, sport zallari va isitish tizimlari holati batafsil ko‘zdan kechirildi. Deputatlar o‘qituvchilar va rahbariyat bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladilar.

Alohida e’tibor — kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikka qaratildi. Isitish tizimlari, xavfsizlik choralari, o‘quvchilarning darsga qatnash intizomi hamda ta’lim-tarbiya sifati atroflicha muhokama qilindi.

Bu tashriflar oddiy nazorat emas, balki ta’lim sohasini yanada rivojlantirish, o‘quvchilarning ertangi kuniga mas’uliyat bilan yondashish yo‘lidagi amaliy qadamlardir. Deputatlar har bir maktabda o‘zgarish bo‘lishi, har bir bola sifatli ta’lim olishi uchun ishlamoqda.

Slide 1 of 5