Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
KORRUPSIYASIZ TA'LIM

Joriy yilning 14-noyabr kuni Yangiobod tuman hokimligida ta’lim muassasalari rahbarlari bilan “Taʼlim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning maʼnaviy-maʼrifiy asoslari” mavzusida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri V.Xasanov, tuman hokimi o‘rinbosarlari M.To‘rayev va A.Nishonov, Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Normatov, shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar. 

Tadbir davomida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Tizimda profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish, tamagirlik va suiiste’molchilik holatlarining oldini olish, jamoatchilik nazoratini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi. 

Yig‘ilish yakunida mutasaddilarga belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashishda mas’uliyatni oshirish va bu amaliy natijalarga erishish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. 

Slide 1 of 4