Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
To‘y marosimlarini ixchamlashtirish va ularda tartib-intizomni mustahkamlash

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati N.Sharipova tashabbusi bilan “Jingovuz” mahallasi hududida to‘y marosimlarini ixchamlashtirish va ularda tartib-intizomni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i R.Davletova, Ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i D. Jumaniyazov, ‘Nuroniy’ jamg‘armasi vakili O. Abdullayev hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, marosimlarni me’yoriy talablar asosida tashkil etish, yoshlar ongida to‘g‘ri marosim madaniyatini shakllantirish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, marosimlarni ixcham va ma’naviy boy shaklda o‘tkazishning tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr bildirildi hamda nuroniylar tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijalarini bayon etildi.

Deputat marosimlarda ortiqcha dabdababozlikning oldini olish, aholiga tushuntirish ishlarini kuchaytirish va mahalla faollari bilan hamkorlikda jamoatchilik nazoratini rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.

Slide 1 of 1