Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Kimyogar mahallasida aholi salomatligi uchun amaliy qadamlar

Kimyogar mahallasida aholi salomatligi uchun amaliy qadamlar

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasi, sog‘lig‘ini muhofaza qilish va turmush darajasini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Shu maqsadda Navoiy shahridagi Kimyogar mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kambag‘al va nogironligi bo‘lgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbiri tashkil etildi. Tadbir mahalla faollari, tibbiyot xodimlari va deputatlar hamkorligida amalga oshirildi.

Mahalla aholisi uchun shifokorlar tomonidan umumiy salomatlik tekshiruvlari, qon bosimi, qand miqdori, yurak-qon tomir tizimi, ko‘z va bolalar salomatligi bo‘yicha bepul diagnostika xizmatlari ko‘rsatildi. Shuningdek, keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolar uchun maxsus patronaj xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.

Bu borada deputat sifatida ta’kidlash lozimki, har bir mahallada aholi salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha shunday amaliyotlarni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega. Bu nafaqat inson qadrini ulug‘lash, balki jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha aniqlangan muammolar mahalla tibbiyot punkti va hokimlikka yetkazilib, kerakli yordam choralari belgilandi. Bu orqali aholining real ehtiyojlariga javob beradigan “mahallabay” yondashuv yana bir bor samarali ekanini ko‘rsatdi.

Navoiy shahridagi barcha hududlarda shunday insonparvar tadbirlarni ko‘paytirish orqali biz har bir fuqaro salomatligini ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga munosib hissa qo‘shamiz.

🇺🇿Xalq deputatlari Navoiy shahar kengashi deputati Irgasheva Nilufar Uralovna