Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Kattaqo'rg'on tuman Qoradaryo Oilaviy shifokorlik punktida deputat tashabbusi bilan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

Kattaqo'rg'on tuman Qoradaryo Oilaviy shifokorlik punktida deputat tashabbusi bilan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

Bugun Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Qoradaryo Oilaviy shifokorlik punktida aholi va bolalar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Ko‘rikda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga 31-Saroyqo'rg'on okrugi deputati Nargiza Yarmuxammedova rahbarligida 15 nafar oliy toifali stomatolog, 18 nafar oliy toifali tor sohadagi shifokorlar, shuningdek tibbiyot fanlari nomzodlari va professor-dotsentlardan iborat mutaxassislar guruhi ishtirok etdi.

Tadbir doirasida tumandagi 54 ta maktabning 131 nafar 1-sinf o‘quvchisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, Qoradaryo mahallasidagi 310 nafar aholi to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.

Bundan tashqari, voyaga yetib kelayotgan maktab o‘quvchilariga sog‘lom turmush tarzi haqida tushunchalar berildi hamda turli mavzularda tayyorlangan 230 ta buklet tarqatildi.

⚡️ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 10