Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Yangi ko‘p qavatli uylar – zamonaviy shahar hayotining belgisi

Bugungi kunda yangi turar-joy majmualari zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalar, xavfsizlik tizimlari va ekologik toza materiallar asosida barpo etilmoqda. Har bir loyiha aholining qulay yashashi, dam olishi va farzandlar tarbiyasi uchun zarur infratuzilma bilan boyitilmoqda. Yangi uylar aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondiribgina qolmay, shaharlarning me’moriy qiyofasini yangilashga ham xizmat qilmoqda. Ko‘p qavatli uylar atrofida bog‘lar, maktablar, bolalar maydonchalari va savdo markazlari bunyod etilayotgani odamlarning ko'zini quvontiradi.

Shu boiz 25-Yangi Toyloq saylov okrugi tuman Kengashi deputati Aminova Matluba Muxammadiyevna tumanning Charog'bon mahallasida qad roslanayodgan ko'p qavatli uylarning bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylar – bu zamonaviy O‘zbekistonning rivojlanayotgan qiyofasi. Ular qulaylik, xavfsizlik va go‘zallik uyg‘unligini ifoda etadi. Kelajakda bu yo‘nalish yanada takomillashib, har bir fuqaroning orzusi bo‘lgan shinam va arzon uylar barpo etilishi kutilmoqda. 

Slide 1 of 3