Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Samarqand - insoniyatni birlashtiruvchi ma’naviy makon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning YUNЕSKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqida Samarqandning insoniyat tarixi va madaniyatida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritilishi yuksak iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi. Bu shahar asrlar davomida ilm, san’at va ma’rifat markazi bo‘lib kelgani shubhasiz. Bugun Samarqandda YUNЕSKOning Bosh konferensiyasi o‘tkazilayotgani nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo uchun ramziy ahamiyatga ega. Bu, avvalo, jahon xalqlarining madaniy birligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Samarqand “Sivilizatsiyalar muloqoti markazi” sifatida yangi mazmunda tiklanmoqda. Dunyoda turli qarama-qarshiliklar, geosiyosiy ziddiyatlar kuchayib borayotgan bir paytda bu shaharning totuvlik va hamjihatlik timsoli sifatida tan olinishi katta ma’no kasb etadi. Bu yerda ilgari ham buyuk olimlar, mutafakkirlar faoliyat yuritgan, ularning ilmiy merosi insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan. Endi esa bu zamin jahon hamjamiyatining muloqot va yaqinlashuv maskani sifatida yanada yorqin namoyon bo‘lmoqda.

Mening fikrimcha, “Samarqand ruhi” - bu tarixiy ildizlar bilan zamonaviy taraqqiyot o‘rtasidagi muvozanatni ifoda etadigan falsafa. Insoniyatni birlashtiruvchi, millatlar o‘rtasida o‘zaro hurmatni mustahkamlovchi bu ruh kelajakda ham dunyo hamjamiyati uchun ilhom manbai bo‘lib qoladi.

Said Donishev, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati

Slide 1 of 1