Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
🎗 Bolalar sog‘lig‘i – ustuvor vazifa sifatida e’tiborda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-186-son qarori — *“2025–2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”*gi qarori ijrosi yuzasidan Ishtixon tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limining hisobotini Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi tingladi.

Hisobot davomida tumanda bolalar saraton kasalliklarini erta aniqlash, onkologik yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, profilaktika tadbirlarini kuchaytirish, tibbiy xizmat sifati va shifokorlar malakasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi.

🔹 Deputatlar bolalar salomatligini muhofaza qilishda tibbiyot muassasalari, ta’lim tizimi, mahalla va nodavlat tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, onkologik kasalliklarning erta tashxisini yo‘lga qo‘yish hamda aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha tushuntirish ishlarini kengaytirish zarurligini ta’kidladilar.

📌 Muhokama yakunida kasalliklarning oldini olish, bolalar uchun zamonaviy diagnostika va davolash imkoniyatlarini kengaytirish, hamda ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada tizimli tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi. 

Slide 1 of 3