Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Deputat va mahalla hamkorligi orqali fuqarolar muammolarini hal etish tashabbusi

 Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining 5-Qo`shtepa saylov okrugidan saylangan deputati O.Xolmurotova o`z saylov okrugidagi aholi bilan doimiy muloqot o`rnatish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo`lida amaliy ishlar olib bormoqda. Deputat mahalliy hokimiyat organlari va jamoatchilik bilan hamkorlikda ish yuritishni muhim deb hisoblab, ayni paytda Qo`shterak mahalla fuqarolar yig`ini yettiligi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat ko`rsatmoqda. Ushbu hamkorlik doirasida aholi bilan uchrashuvlar, xonadonma-xonadon suhbatlar tashkil etilmoqda. Ularda ishsizlikni qisqartirish, yoshlarni bandlikka jalb etish, infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko`rsatish kabi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda. O. Xolmurotova mahalladagi har bir murojaatni e`tibor bilan o`rganib, tegishli davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda amaliy yechim topishga harakat qilmoqda. Shu orqali deputat fuqarolarning davlat organlariga bo`lgan ishonchini mustahkamlash, joylarda ochiq va samarali muloqot muhitini yaratishga hissa qo`shmoqda.  

Slide 1 of 2