Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Deputat muvaffaqiyati”
янв.21
Strategik rivojlanish rejalari deputatlar ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati: “Besh muhim tashabbus olimpiadasi” uchun ajratilayotgan mablag‘lar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati : Deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalar tasdiqlandi
янв.21
Deputat so‘rovi: Aholi murojaati e’tiborda
янв.21
Deputat so‘rovi: Zartepada suv isrofi oldi olinadi
янв.21
Deputat so‘rovi: “Qorayog‘och” mahallasi tibbiyot punkti faoliyati nazoratga olindi
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimi yo‘lida
янв.21
Deputat nazorati: Muammolar hal etilmoqda
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 16-oktabr kuni Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibida quyidagi masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi:

1. Tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli Qarori – "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorning ijrosi bo'yicha axboroti;

2. Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i E. Ahmedovning 2025-yilning 9 oyi davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati bo‘yicha hisoboti;

3. Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari O. Hayitboyevning 2025-yilning 9 oyi davomida jamoat xavfsizligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti;

4. Tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi boshlig‘i Sh. Roziyevning "Ta’lim to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti.

Yig‘ilish davomida doimiy komissiya azolari tomonidan bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olgan holda tegishli doimiy komissiyalarning qarorlari qabul qilindi hamda ushbu masalalar navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritilishi to'g'risida kelishib olindi. 

Slide 1 of 6