Янгиликлар

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

✅Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev hamda kotibiyat mudiri N.Turdiyevlar tomonidan tumanning Andijon mahallasida “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma ishlari oʻrganildi.

🔷Tashrif davomida hududda olib borilayotgan qurilish ishlari, yaratilayotgan zamonaviy infratuzilmalar hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, mas’ul quruvchilar bilan suhbat oʻtkazilib, ishlarning sifati, belgilangan muddatlarda yakunlanishiga alohida e’tibor qaratildi.

🔷Mutasaddilar tomonidan mahallaning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, aholining turmush farovonligini oshirish hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash borasidagi ishlarni tizimli davom ettirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5