Янгиликлар

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“Deputat bilan bir kun” loyihasi doirasida deputat tashabbusi bilan “Jo‘langar” mahallasining “Hamza”, “Mustaqillik” hamda “Bog‘dor” ko‘chalariga tungi yoritkich chiroqlarini o‘rnatish ishlari davom ettirilmoqda.

Mazkur tashabbus aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, ko‘chalarning tungi paytdagi yoritilish darajasini yaxshilash hamda hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari mahalla aholisining ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2