Янгиликлар

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“Deputat bilan bir kun” loyihasi doirasida deputat U.Yarlakabov tashabbusi bilan “Jo‘langar” mahallasida Boyovut tumani Davlat xizmatlari markazi bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun sayyor xizmat ko‘rsatish tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha bepul amaliy yordam ko‘rsatilib, ularning murojaatlari qabul qilindi hamda tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2