Янгиликлар

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Shayimova Xalnisa Yakubovna tashabbusi bilan 13-son umumta’lim maktabida 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida nafaqadagi o‘qituvchilar ishtirokida o‘quvchilar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida maktab tarixi, ustoz-murabbiylarning ta’lim sohasidagi fidokorona faoliyati hamda bugungi kunda ta’lim-tarbiya jarayonlarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha fikr almashildi.

Uchrashuvda ustozlar tomonidan o‘quvchilarga hayotiy tajriba va ibratli xotiralar yetkazilib, yosh avlodni Vatanga muhabbat, ustozlarga hurmat va ilm olishga intilish ruhida tarbiyalashning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 5