Prezidentimizning nutqida Orol muammosiga alohida eʼtibor berildi. Haqiqat shundaki, Orol faqat mintaqaviy emas, balki global ekologik halokat nuqtasidir.
Qurigan dengizning ikki million gektarida shoʻrga chidamli oʻsimliklar ekilgani — amaliy natijadir. 2030-yilgacha 80% hudud yashil maskanga aylantiriladi.
Tuman kengashi deputatlari Orolboʻyidagi qayta tiklash ishlarini qoʻllab-quvvatlaydi va mahalliy aholi bilan ekologik faollikni kuchaytirishga tayyor.