Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashiga 21-Hamid Olimjon saylov okrugidan saylangan deputat Z.Turdibekovaning mahalla aholisi oldida hisoboti eshitildi. Deputat tomonidan o‘tgan davr mobaynida deputatlik faoliyati yuzasidan hisobot berib, bugungi kunda shahar va respublika miqyosida amalga oshirilayotgan yaratuvchanlik va bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Uchrashuvda Xalq deputatlari shahar
kengashi kotibiyati mudiri X.Ibragimova, shahar kengashi deputatlari T.Niyazov va U.Abdunazarovlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida fuqarolardan
bir qator masala va muammolar ko‘tarildi. Jumladan, mahalladagi ko‘chalarda kanalizatsiya tarmoqlari tortilgandan so‘ng asfalt yotqizilmaganligi oqibatida chang va loy bo‘lib yotganligi, mahalla hududida alohida bolalar maydonchasi mavjud emasligi, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha sport musobaqalarini o‘tkazish, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotiga o‘tish joyi piyodalar va bolalarning hayotiga xavf solishni oldini olish maqsadida sun’iy yotiq to‘siqlar o‘rnatish, daydi itlarni ovlash va boshqa masalalar ko‘tarildi. Har bir ko‘tarilgan masala nazoratga
olinib, yechimi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi yuzasidan kelishib olindi.