Deputatning ta’kidlashicha, bugungi kunda mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini zamonaviylashtirish borasida muhim islohotlar olib borilmoqda.
Xususan, aholining bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarga ko‘mak berish, mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ham qator dasturlar amalga oshirilayotganligi qayd etildi. Uchrashuv davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va deputat ularning har biriga javob berdi.
Shuningdek, deputat saylovchilarni faol bo‘lishga, davlat va jamiyat hayotida ishtirok etishga, ilgari surilayotgan islohotlarga amaliy hissa qo‘shishga chaqirdi.