O‘zbekiston dunyo hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rinni egallab, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa sohalarda tenglar ichra teng ovoz bilan xalqaro maydonda o‘z mavqeiga ega bo‘lishida ustoz-muallimlarning o‘rni beqiyosdir. Chunki ular jamiyatimizga suv va havodek zarur, ularni bamisoli atrofga o‘z nurini sochayotgan quyoshga o‘xshatsak bo‘ladi. Quyoshning nuridan barcha mavjudot foydalanganidek, ularning ma’rifat ziyolilaridan butin bashariyat naf oladi. Olamni quyoshsiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek, jamiyatni ham bu ulug‘ zotlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu so‘zimizga hazrat Abdurahmon Jomiyning quyidagi baytlari yaqqol misol bo‘ladi:
Ustoz - muallimsiz qolganda zamon,
Nodonlikdan qaro bo‘lardi zamon
Muhtaram Prezidentimiz ham bugun ayna shu masalada alohida to‘xtalib o‘tdi. Ularning mashaqqatli va sharafli mehnatini ulug‘lagan holda bir qancha imkoniyatlar berdi. Jumladan, kelgusi o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi. Shuningdek, Prezidentimiz pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi:
· yangi yildan boshlab kamida 15-yil stajga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi;
· kelgusi o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi;
· o‘qituvchilar yangi ta’lim texnologiyalarini keng qo‘llashi uchun kompyuter xaridiga 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi;
· kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 karra kamaytiriladi;
· fan o‘qituvchilari kabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun ham milliy sertifikat berish tizimi joriy qilinadi. Sertifikat olganlarga har oyda
15 foiz ustama to‘lanadi;
· bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga ishga kirganlarga avtomatik ravishda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa 1-malaka toifasi beriladi;
· dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga o‘qishga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi;
· reytingda 100 talikka kirgan maktab va bog‘cha, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezdlar chipta narxlariga 15-20 foiz chegirma beriladi.
Haqiqatan ham bu imkoniyatlar bejizga emas. Chunki iqtisodiyot qanchalik mustahkam bo‘lsa, ta’lim rivojlanadi. Ta’lim sifati yuqori bo‘lgan mamlakatda esa iqtisodiyot barqaror o‘sadi. Bu – hayot qonuni! So‘nggi sakkiz yilda ta’lim va tarbiya sohasida ham o‘n yillarga teng
keladigan ishlar amalga oshirilib, ulkan natija va yutuqlarga erishildi deya ta’kidladi Prezident.
So‘zining oxirida “Eng katta niyatim, maqsadim – ta’lim va yana bir bor ta’limga e’tibor berib, bunday iste’dodli va
fidoyi yosh o‘qituvchilarimiz safini kengaytirish” deya ustoz muallimlarga o‘z ezgu tilaklarini bildirdilar. Chin ma’noda ustoz va murabbiylar jamiyat binosining binokorlari, ma’rifat bog‘ining bog‘bonlaridir. O‘z navbatida biz ham ularning yuksak mehnatini qadrlaymiz.
Gichgeldiyeva Sayat Gaipovna
Qoraqalpog'iston Respublikasi To‘rtkul tumani 10-maktab direktori, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg‘I kenges deputati