Янгиликлар

Deputat nazorati

Uchko‘prik tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida korrupsiya holatlarini oldini olishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi tuman kengashi raisi, 10-Miltiqchi saylov okrugidan tuman Kengashiga saylangan deputat Muxammadvali Mo‘minov, 23-Zig‘ir sayov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Zarifaxon Mahkamova ishtirok etdilar. Deputatlar tomonidan o‘quv muassasasidagi holat o‘rganilganda, joriy yil o‘quv yili boshlanishi oldidan yuqoridagi mavzuga doir tushuntirish-targ‘ibot tadbirlari olib borilib, tegishli tartibda bayonnomalar tayyorlangan ekan. Umumta’lim maktablari direktorlari ta’lim dargohida korrupsiya illatlariga murosasizlik bilan kurash olib borishlari va o‘zlarining faoliyatini yaxshilash bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rishlari kerakligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 1