Янгиликлар

DЕPUTAT HUDUD OBODLIGIGA HISSA QO‘SHMOQDA

Pastdarg‘om tumanidagi 44-Charxin saylov okrugidan Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashiga saylangan deputat Guljahon Mustafoyeva joylarda saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazib, hududdagi mavjud muammolarni o‘rganmoqda.

Shunday uchrashuvlarning birida tumandagi «Go‘lakandoz» mahallasida yashovchi aholi «Ko‘ktosh» qabristoni qarovsiz ahvolga kelib qolganidan shikoyat qilib, deputatdan uni obodonlashtirishda yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgandi. Ushbu murojaat bo‘yicha tegishli tartibda ish olib borgan deputat homiy topib, uni xayrli yumushga jalb etdi va ayni paytda savobtalab inson ko‘magida qabristonda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Slide 1 of 4