Янгиликлар

Deputat va yoshlar uchrashuvi.

Yoshlar oyligi doirasida Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi, Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputat Shohrux Qudratov va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ilmiy faoliyat bilan shug'ullanayotgan viloyatimizdagi oliy ta'lim muassasalari magistr hamda doktarantlari, yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Dastlab, Oliy Majlis Senati huzuridagi "Yoshlar parlamenti", "Faollar jamoasi", "Yoshlar maslahat guruhlari" faoliyatlari hamda ish mexanizmlari to'g'risida tushunchalar berib o'tildi.

Yoshlarga oid qabul qilingan qonunlar, parlamentda yoshlarning tutgan o'rni hamda deputatlarning hududlarda olib borayotgan nazorat-tahlil faoliyati haqidagi maʼlumotlar yoshlarga yetkazildi. 

Uchrashuvda ishtirok etgan yoshlarning 15 dan ziyod taklif va tashabbuslari eshitildi. Ularni qo‘llab-quvvatlash, muammolarini aniqlash hamda bu boradagi hal etilishi lozim bo‘lgan tizimli masalalar bo'yicha o'rganishlar olib borilib deputatlik so'rovlari chiqarilishi belgilandi.

Slide 1 of 5