Hashar-yurtimizda ko`p asrlik an`analarga ega bo`lgan, xalqning birdamligini, hamjihatligini va jamoa uchun javobgarlik hissini ifoda etuvchi ijtimoiy faollik shakli hisoblanadi. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari I.Jo`rayev, E.Kurbonov, I.Bo`tabekov va O.Nosirovlar Jalaquduq tumanidagi “XAMZA” MFYdagi
"Muborak" ko`chasi axoli vakillari bilan uchrashib, mahallalarda, qishloqlarda, muassasalarda tozalik, obodonlashtirish, ko`kalamzorlashtirish va gigiyenik sharoitlarni yaxshilash bu inson salomatligi uchun zarur ekanligi tushuntirib o`tdilar. Hashar - bu shunchaki mehnat emas, balki xalqning hamjihatlik ruhini ifoda etuvchi milliy qadriyatdir, u orqali nafaqat muhit, balki insonlar ongi, mas`uliyat tuyg`usi ham tozalanadi. So`ngra tuman partiya tashkiloti vakillari tomonidlan yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan xonadonbay suxbatlashib, ularni xam bu ishlarda faol bo`lishga chaqirib o`tdilar.