Komissiya kun tartibiga kiritilgan Vobkent tumanida zaxira va imkoniyatlarni ishga solish orqali hududlarni rivojlantirishni yanada jadallashtirish va aholi bandligini oshirish bo‘yicha drayver loyihalarning moliyalashtirishni amalga oshirish to‘g‘risida hamda Vobkent tumanida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2025 yil 2-mavsum yakunlariga ko‘ra “Оpenbudget.uz” portalida g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish hamda moliyalashtirish to‘g‘risida Vobkent tumani iqtisodiyot va moliya bo‘limi mutasaddilarining hisobotlari atroflicha muhokama qilindi. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan yig‘ilish qarori qabul qilindi. Ushbu masalalar tuman Kengashining navbatdagi sessiya muhokamasiga qo‘yilishi belgilandi.