Янгиликлар

Deputat va mahalla yettiligi

#Deputat_nazorati_xalq_manfaati_uchun

🚧 Angren shahar Kengashi 2-Bog‘ okrugi deputati Nigmatov Mirzoferuz Obidjonovich va mahalla yettiligi nazorati ostida “G‘afur G‘ulom” MFY hududida ichki yo‘lga asfalt qoplama yotqizildi.

📅 26-avgust 2025-yil kuni ushbu yo‘lning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Angren shahar hokimi A. Rayimov, mahalla yoshlari, oqsoqollar va faollar ishtirok etdilar.

🎥 Videolavhada deputat, hokim va mahalla aholisi bilan birgalikda yangi yo‘llardan foydalanishni boshlab bergani, aholining quvonchi va minnatdorchiligi yaqqol aks etgan.

✅ Amalga oshirilgan ishlar natijasida:

🚗 Aholi uchun transport qatnovi sezilarli darajada yengillashdi;

🛣 Yo‘llarda xavfsizlik ta’minlandi;

👨‍👩‍👧 Fuqarolarning kundalik hayoti yanada qulay bo‘ldi.

🌿 Deputat Nigmatov Mirzoferuz Obidjonovich mahalladagi muammolarni joyida o‘rganib, ularni hal etish uchun amaliy choralar ko‘rmoqda. Bu yo‘llar nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlodlar uchun ham katta qulaylik yaratadi.

Slide 1 of 5