Янгиликлар

Kengash raisining tibbiyot sohasi vakillari bilan muloqoti bo'lib o'tdi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisining “Tibbiyot sohasi vakillari” bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Termiz shahri va Termiz tumanidagi tibbiyot muassasalari rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda soha mas’ullarining tibbiyot sohasidagi islohotlar, tibbiy xizmat sifati, tibbiyot muassasalarining jihozlanishi, aholi uchun imkoniyatlar hamda kadrlar masalasi bo‘yicha viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’ruzalari eshitildi.

Muloqotda amaldagi qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish maqsadida mavzudan kelib chiqib, sohadagi mavjud tizimli muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflar bildirildi.

Slide 1 of 7