Янгиликлар

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Mustaqilligimizning 34 yillik ayyomi arafasida bu yilgi umumxalq hashari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

💠 Erta tongdan boshlab tumandagi barcha mahallalarda, tashkilot va muassasalarda ushbu ezgu tadbir hamjihatlik va ko‘tarinki kayfiyat bilan boshlandi.

💠 Xususan, “Navbahor” mahallasida ham deputat Jumavoy Rahmonqulov boshchiligida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Mazkur xayrli ishda yoshi ulug‘ nuroniylardan tortib, faol yoshlarimizgacha birdek ishtirok etib, mahallaning yanada chiroy ochishiga munosib hissa qo‘shishdi.

Slide 1 of 3