O'zLiDePdan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Kazakov hamda Kotibiyat mudiri M.Urazbayevlar 1-Navoiy saylov okrugi "A.Navoiy" nomli mahallasida faoliyat yuritayotgan "mahalla yettiligi" xususan, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining ijrosi atroflicha ko‘rib chiqildi.
O‘rganishlar davomida mavjud muammolar yuzasidan tavsiyalar berildi.